Gender tenglik
Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi” degan ezgu qarash hayotimiz qoidasiga aylanishi uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak!
Shu bois Turizm qo‘mitasida xotin-qizlarning ish faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida xotin-qizlar maslahat kengashlari faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, ayollarni ijtimoiy himoya qilish hamda ular uchun qulay sharoit yaratish alohida ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va Xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-87-sonli Farmonning 10-bandi ijrosi yuzasidan Qo‘mita hamda tizim tashkilotlaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bir qator ishlar, chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jumladan ishlayotgan hodimlarning 22 foizini xotin-qizlar tashkil etib kelinmoqda. Ahamiyatli jihati ular orasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar soni sezilarli ortib bormoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni 10-bandida Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha alohida oʻquv kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Rahbar ayollar maktabi” oʻquv mashgʻulotining navbatdagi mavsumida malaka oshirish uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2024-yil 26-martdagi LT67032155-sonli topshiriq xatiga asosan, Q‘omita markaziy apparati bosh mutaxassisi Soliyeva Shaxloxon Adihamjonovna, joriy yil 1-apreldan 22-iyungacha Davlat boshqaruvi akademiyasida “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan maxsus o‘quv kursida malaka oshirdi.
Xotin-qizlarni rag‘barlantirish va olib borayotgan sayi harakatlarini odilona baholash bilan bir qatorda ayol hodimlarni ko‘krak nishoni va boshqa mukofatlar bilan taqdirlanganlari alohida taqsinga sazovor bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashi hamda Vazirlar Mahkamasining qo‘shma majlisi bayoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar dasturiga muvofiq “Ayollar reytingi” platforma loyihasi yo‘nalishlariga qo‘mitaning markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning yoshga doir ma’lumotlari to‘liq shakllantirilgan.
Qo‘mitada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi faoliyati 2020-yilda yo‘lga qo‘yilganligi hamda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmonning ijrosi yuzasidan belgilangan topshiriqlarni sifatli amalga oshirilishida qo‘mitaning nazorat-rejasi tasdiqlangan hamda ijroga qaratilgan. Qo‘mitada jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar muntazam ravishda ularni yig‘ish hamda tahlil qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qo‘mita tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, murojaatlar va takliflarini o‘rganish maqsadida qo‘mita tomonidan xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish maqsadida info@motach.uz elektron pochtasi hamda qo‘mitada uzluksiz “Call-markaz” tashkil etilgan bo‘lib mazkur tarmoqlar orqali xotin-qizlar bevosita qo‘mitaga har qanday masala yuzasidan murojaat qilishlari uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, har bir kelib tushgan murojaatlar doimiy ravishda nazoratga olinib kelinmoqda.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila maslalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 29-iyundagi “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida”gi 11-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrisini ta‘minlashda, turizm sohasini rivojlanishida ham ayollarning roli juda muhim deb ayta olamiz. Sohada faoliyat yuritayotgan 350 mingga yaqin xodimlarning 42 % ga yaqini ayollarni tashkil etmoqda. Ayniqsa, respublikadagi mehmonxonalarda boshqaruvchi ayollar, turoperator va gid-tarjimon xotin-qizlar soni yil sayin ortib bormoqda.
Xususan, 2022 yil mehmonxonalarning ayol boshqaruvchilari soni 840 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib ularning soni 1009 nafarga yetib, 20 %ga oshganini kuzatishimiz mumkin.
Bundan tashqari hududlarda ayollarni turizm bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlikka jalb etish borasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, YUNESKO bilan hamkorlikda Urganch davlat universiteti professor o‘qituvchilarini jalb qilgan holda “Orolbo‘yi mintaqasida ayollarning ishbilarmonlik faolligini oshirish va ekoturizm yo‘nalishida daromad olish imkoniyatlari” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqalʼa, Amudaryo, Mo‘ynoq tumanlari va Nukus shahrida alohida ikki kunlik treninglar tashkil qilindi hamda mazkur treninglar orqali 300 nafarga yaqin ayollarning tadbirkorlik yo‘nalishidagi bilimlari oshirildi.
Qo‘mita tomonidan ayollarni ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish hamda tadbirkorlikka jalb qilish bilan bog‘liq loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Jumladan turizm sohasidagi faol xotin-qizlar faoliyatini keng targ‘ib qiluvchi ijtimoiy roliklar ishlab chiqilib, Respublikadagi barcha OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda.
(https://t.me/uzbekistan_travel),
(https://www.facebook.com/wcuuzofficial)
Qo‘mita ishga qabul qilishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar, shuningdek, ularning sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlaydigan, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilgan Turizm qo‘mitasida hamda hududiy bo‘limlarida, ishga qabul qilishda ochiq tanlov asosida amalga oshirilmoqda. Ishga qabul qilishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan, shuningdek, ularning sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlaydigan, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilgani alohida ahamiyat qaratilgan jumladan:
-xodimlar uchun dam olish xonalari;
-tanovul qilishlari uchun oshxona;
-barcha qulayliklarga ega kutubxona;
-xodimlarning sog‘lom turmush tarzini olib borishi uchun maxsus trenajyor vositalari bilan jihozlangan sport zallari tashkil etilgan.