Surxondaryoda “Lazzatli Surxon” xalqaro festivali o‘tkaziladi
2025-10-29 12:35:00 / Yangiliklar

Festival dasturidan Termiz shahri va tumanlar pavilonlarida milliy taomlar namoyishi, hunarmandchilik mahsulotlari va suvenirlar ko‘rgazmasi, “Uzum sayli”, “Olma sayli”, “Anor sayli” kabi an’anaviy bayram tadbirlari, milliy etnik o‘yinlar va musobaqalar hamda OAV va blogerlar uchun maxsus infotur o‘rin olgan.
“Lazzatli Surxon” xalqaro festivali doirasidagi milliy taomlar ko‘rgazmalarida eng mahoratli oshpazlar va hududlar ishtirok etadilar. Shuningdek, “Eng yaxshi milliy taom”, “Eng yaxshi oshpaz” va “Eng faol hudud” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
G‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Mazzali taomlar, milliy an’analar, musiqa va shodlik uyg‘unlashgan “Lazzatli Surxon” xalqaro festivaliga barchani taklif etamiz.
