Özbekiston Gollivudning yirik kinoloyihalaridan biriga mezbonlik qilişi mumkin
2026-11-26 09:50:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida Özbekistonning xalqaro kinoindustriyadagi iştirokini kengaytiriş, mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy manzaralari va turizm salohiyatini jahon miqyosida tarğib etişda yirik kinoloyihalar imkoniyatlaridan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Country Placement dasturi doirasida Özbekistonda Gollivudning ilk yirik kinoloyihalaridan birini amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Jahonga maşhur aktyorlar iştirokida sarguzaşt janridagi blokbaster filmni suratga oliş imkoniyatlari muhokama qilinib, bu jarayonda Özbekiston Milliy kinokomissiyasi ham amaliy kömaklaşadi.
Larri Kasanoff, şuningdek, TXTY 2026 doirasida ötkazilgan “Kino va turizm: yangi turistik manzillarni yaratiş” mavzusida maxsus sessiya spiker sifatida iştirok etib, xalqaro kinoindustriya tajribasi, xorijiy kinoloyihalarni jalb qiliş va kinoturizmni rivojlantiriş imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Sessiyada, şuningdek, Özbekistonning tarixiy-madaniy merosi, noyob suratga oliş lokatsiyalari va kino işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarining xalqaro kinoijodkorlar uçun jozibadorligi muhokama qilindi.
Ta’kidlaş joizki, Larri Kasanoff Gollivud kinoindustriyasida 35 yildan ortiq tajribaga ega bölib, “Threshold Entertainment Group” kompaniyasi raisi va boş ijroçi direktori hisoblanadi. U jahonga maşhur “Mortal Kombat” franşizasining yaratuvçisi, Jeyms Kemeron bilan hamkorlikda “Lightstorm Entertainment” studiyasiga asos solgan. Şuningdek, “Terminator 2: Judgment Day” va Arnold Şvartsenegger iştirokidagi “True Lies” kabi maşhur filmlar yaratilişida iştirok etgan.

