Buxoroda kabutar poçtasi, tandirsozlik va milliy taomlar: blogerlar hududning noodatiy turistik tajribalarini kaşf etdi
2026-11-17 12:15:00 / Yangiliklar

Press-tur davomida iştirokçilar dastlab “Uşot” turizm qişloğiga taşrif buyurib, hududning turizm salohiyati, turistik infratuzilma va sayyohlar uçun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdilar.
Şuningdek, qişloqdagi “Tandirsozlar” mahallasida mehmonlar an’anaviy tandirsozlik hunari bilan tanişib, ustalarning tandir tayyorlaş jarayonini kuzatdilar. Qolaversa, ular Oşi Sofi tayyorlaş böyiça mahorat darsida iştirok etib, Buxoro milliy gastronomiyasining öziga xos an’analari bilan yaqindan tanişdilar.
“Çor Bakr” majmuasida press-tur iştirokçilari yangi turistik mahsulot — “Kabutar poçtasi” bilan yaqindan tanişdilar. Mazkur xizmat doirasida mehmonlarga qadimda xabar yetkaziş vositasi sifatida foydalanilgan kabutar poçtasining tarixi va an’analari haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, kabutarçi bobo maxsus tayyorlangan xuşxabarni kabutarning oyoğiga boğlab, uni parvozga qöyib yuboriş jarayonini namoyiş etdi. Uşbu interaktiv loyiha tarixiy merosni zamonaviy şaklda tarğib qiliş va sayyohlarga öziga xos taassurot ulaşişga qaratilgan.
Dastur doirasida iştirokçilar “Naqşband” hunarmandçilik markazi faoliyati bilan tanişib, Buxoro hunarmandçilik maktabining öziga xos an’analari, ustalarning mahorati hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot oldilar.
Bundan taşqari, “Şohrud” AJ vino zavodiga taşrif davomida korxonaning işlab çiqariş jarayonlari, mahalliy mahsulotlar va hududning sanoat turizmi imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdilar.
Press-turning gastronomik yönalişi doirasida Buxoroning yetakçi restoranlarida milliy taomlarni tayyorlaş böyiça mahorat darslari ham taşkil etildi. Unda iştirokçilar “oşi sofi”, somsa, biçak va turli taomlar tayyorlaş sir-asrorlari va Buxoroda asrlar davomida şakllangan gastronomik an’analarni bevosita örganiş imkoniyatiga ega böldilar.
Bir milliondan ortiq obunaçiga ega blogerlar taşrif davomida olgan taassurotlarini real vaqt rejimida öz obunaçilari bilan baham körib, Buxoroning turizm salohiyati, milliy hunarmandçiligi va gastronomik an’analarini keng auditoriyaga namoyiş etdilar.
Mazkur press-tur Buxoroning turizm imkoniyatini keng auditoriyaga namoyiş etiş, hududning tarixiy-madaniy merosi bilan bir qatorda hunarmandçilik, gastronomik va sanoat turizmi yönalişlarini ham xalqaro miqyosda tarğib qilişga xizmat qiladi.









