Eston milliy televideniyesi Özbekistonning turizm salohiyati haqida film namoyiş etmoqda
2026-11-15 10:05:00 / Yangiliklar

Film “Gastrotrevel – Mehmonga bormoqda” dasturi doirasida efirga uzatilib, tomoşabinlarni Özbekistonning tarixi, madaniyati, milliy an’analari va turizm imkoniyatlari bilan yaqindan taniştirmoqda.
Syujetlarda Toşkent şahrining diqqatga sazovor joylari, zamonaviy arxitekturasi va mamlakatimizning tarixiy-ma’naviy merosi, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Şuningdek, teletomoşabinlarga özbekona mehmondöstlik, milliy urf-odatlar, an’anaviy oşxona va oş tayyorlaş jarayoni namoyiş etilmoqda.
“ERR” Estoniyaning keng auditoriyaga ega yetakçi jamoaviy teleradiokompaniyasi hisoblanadi. Televizion efirdan taşqari, film kompaniyaning raqamli “Jupiter” platformasida ham joylaştirilgan bölib, bu uni nafaqat Estoniya aholisi, balki Boltiqböyi va Şimoliy Yevropaning boşqa davlatlari tomoşabinlari ham köriş imkoniyatini beradi.
Uşbu loyiha Özbekistonning turistik brendini Şimoliy Yevropa mamlakatlarida tarğib qiliş hamda uşbu mintaqadan kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
