Buxoro va Xivaning gastronomik salohiyati millionlab rossiyalik teletomoşabinlarga namoyiş etiladi
2026-11-11 14:10:00 / Yangiliklar

Mazkur teleloyiha tomoşabinlarni turli hududlarning gastronomik madaniyati bilan taniştirib, mahalliy taomlar, urf-odatlar va diqqatga sazovor maskanlar orqali ularning öziga xos jihatlarini oçib beradi. Bunday format nafaqat milliy taomlarni, balki turistik manzillarning öziga xosligi, tarixi va madaniy merosini ham keng namoyiş etiş imkonini beradi.
Dasturning auditoriyasi qariyb 18 million nafar tomoşabinni taşkil etadi. Yangi körsatuvlarning efirga uzatilişi Buxoro va Xiva şaharlarini Rossiyaning keng auditoriyasiga tanitiş, Özbekistonning turistik yönalişlari haqidagi xabardorlikni oşiriş hamda mamlakatimiz böylab gastronomik sayohatlarga bölgan qiziqişni kuçaytirişga xizmat qiladi.
Özbekiston avval ham mazkur teleloyiha orqali Rossiya auditoriyasiga taniştirilgan. Avvalroq «Первый канал» telekanalida Samarqand va Toşkent şaharlariga bağişlangan körsatuvlar efirga uzatilib, tomoşabinlar uşbu şaharlarning gastronomik an’analari va turistik imkoniyatlari bilan taniştirilgan edi.
Xalqaro media loyihalarni qöllab-quvvatlaş Özbekistonning turistik salohiyatini xalqaro miqyosda tarğib qilişning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Bunday taşabbuslar milliy taomlarimiz va madaniy merosimizni ommalaştiriş, şuningdek, mamlakatimizning turli hududlariga sayohat qilişga bölgan qiziqişni oşirişga xizmat qiladi.


