Xorazmning turizm salohiyati TRT orqali xalqaro auditoriyaga tanitilmoqda
2026-11-10 10:20:00 / Yangiliklar

Beş kun davomida qadimiy Xiva şahrida TRT telekanalining “Bir Adım, Bin Avaz” körsatuvi uçun navbatdagi son tasvirga olindi. Tasvirga oliş jarayonlari davomida Içan qal’a davlat muzey-qöriqxonasida Xorazmning dunyoga maşhur “Lazgi” raqsi, milliy raqs san’ati, an’anaviy musiqa va çolğu asboblari namoyiş etildi.
Şuningdek, Xorazm san’ati va madaniyatining rivojiga munosib hissa qöşgan faxriy ijodkorlar bilan suhbatlar taşkil etilib, hududning öziga xos madaniy merosi va milliy an’analari haqida ma’lumotlar berildi.
TRT ijodiy guruhi uçun Xorazm viloyatining turistik jozibadorligini keng namoyon etiş maqsadida maxsus info-media tur ham taşkil etildi. Dastur davomida xorijiy media vakillari Xivaning tarixiy obidalari, betakror me’moriy qiyofasi, milliy madaniyati va hududning sayyohlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi.
Mazkur media taşrifi Xorazmning boy tarixiy-madaniy merosi va turizm salohiyatini Turkiya hamda boşqa mamlakatlardagi keng auditoriyaga tanitiş, hududning xalqaro turizm bozoridagi jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi.







