Özbekiston va TİKA turizm sohasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini körib çiqdi
2026-11-09 08:45:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida Özbekiston va Turkiya örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini turizm sohasida yanada rivojlantiriş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlaş hamda istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda turizm va mehmondöstlik sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş, kasbiy ta’lim tizimini takomillaştiriş, hududlarda öquv markazlarini taşkil etiş va ta’lim muassasalari örtasida tajriba almaşinuvini yölga qöyiş masalalariga e’tibor qaratildi. Bunda Turkiyaning kasbiy ta’lim va amaliy tayyorgarlik borasidagi tajribasidan foydalaniş imkoniyatlari körib çiqildi.
Şuningdek, yoşlarni turizm tadbirkorligiga jalb etiş, hududlarda turizm xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantiriş, mahalliy aholining bandligini kengaytiriş, madaniy meros obyektlarining sayyohlik jozibadorligini oşiriş hamda zamonaviy axborot xizmatlarini joriy etiş böyiça hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar turizm salohiyatiga ega hududlarda yangi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalaniş va turizm xizmatlari sifatini oşirişga qaratilgan loyihalarni işlab çiqiş masalalarini ham körib çiqdilar. Bunda hududlarning öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda turizmni rivojlantiriş va mahalliy hamjamiyatlarning uşbu jarayondagi iştirokini kengaytiriş muhimligi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida barqaror turizmni rivojlantiriş, istiqbolli taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda TİKA imkoniyatlaridan foydalangan holda turizm sohasida kadrlar tayyorlaş tizimiga kömaklaşiş loyihalarini taşkilotning 2027-yildagi iş rejalariga kiritiş yuzasidan dastlabki kelişuvga erişildi.
