Toşkent – 2027-yilda Turkiy dunyoning turizm poytaxti: ramziy kalit Özbekistonga topşirildi
2026-11-08 02:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 2026-yilgi turizm poytaxti Anqara şahrining ramziy kalitini Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulovga topşirdi.
Marosimda Mehmet Nuri Ersoy Toşkentning mazkur maqomga ega bölganini samimiy e’tirof etib, Özbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, öziga xos an’analari va turistik salohiyatini alohida ta’kidladi. Şuningdek, uşbu maqom turkiy davlatlar örtasidagi turizm aloqalarini yanada rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratişini qayd etdi.
Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulov festival iştirokçilarini samimiy tabriklab, barça turkiy davlatlar vakillarini kelgusi yilda Turkiy dunyoning turizm poytaxti – Toşkent şahriga taşrif buyurişga taklif etdi. Şuningdek, kinoijodkorlarni Özbekistonga kelib, mamlakatimizning betakror tarixiy maskanlari, qadimiy şaharlari, gözal tabiati va boy madaniy merosini öz ijodiy işlari orqali keng namoyon etişga çorladi.





