“Travelbook”: Nima uçun albatta Toşkentga taşrif buyuriş kerak?
2026-11-04 14:05:00 / Yangiliklar

Maqola muallifi, Lena Braun poytaxtimizni qadimiy şarqona an’analar, zamonaviy arxitektura, milliy oşxona va öziga xos turmuş tarzi uyğunlaşgan noyob şahar sifatida tasvirlaydi.
Naşrda poytaxtning modernistik arxitekturasiga alohida e’tibor qaratilgan. Joriy yilning iyul oyida Toşkentning önta me’moriy obidasi YUNYeSKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgani şaharning arxitektura merosini xalqaro miqyosda e’tirof etilişida muhim voqea bölgani qayd etilgan. Modernizm va milliy an’analar uyğunligining yaqqol misoli sifatida Özbekiston tarixi davlat muzeyi binosi keltirilgan.
Şuningdek, muallif öquvçilarni poytaxtning diniy-tarixiy diqqatga sazovor joylari, jumladan, Hazrati Imom majmuasi, Kökaldoş madrasasi hamda şu yil mart oyida oçilgan Özbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bilan taniştiradi.
Alohida bölimlar yer osti badiiy galereyasiga tenglaştirilgan Toşkent metropoliteni, maşhur “Çorsu” bozori, milliy oşxona va gastronomik an’analarga bağişlangan. Şuningdek, Mirobod bozori va “Beş Qozon” markazi tavsiya etiladigan turistik obyektlar qatoriga kiritilgan.
Maqolada poytaxtning zamonaviy imkoniyatlari – “Taşkent City” bozori, musiqiy favvoralar, panoramali manzaraga ega restoranlar va madaniy hordiq çiqariş uçun turli maskanlar ham yuqori baholangan.
Bundan taşqari, Toşkent Özbekiston va Markaziy Osiyo böylab sayohat qiliş uçun qulay boşlanğiç nuqta sifatida körsatilgan. “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari yordamida sayyohlar Samarqand, Buxoro va mamlakatning boşqa tarixiy şaharlariga tezda yetib borişlari mumkinligi ta’kidlangan.
Maqola yakunida muallif Toşkentning asosiy jozibasi tarixiy davrlar, madaniyatlar va arxitektura uslublarining özaro uyğunligida ekanini urğulaydi.
“Travelbook” jurnali 2026-yil 19-oktyabr kuni Toşkentni 2027-yil uçun istiqbolli turistik yönalişlar qatoriga ham kiritgan edi.
