Özbekistonga naqd pul olib kiriş va olib çiqiş tartibi: sayyohlar uçun muhim eslatmalar
2026-11-02 10:10:00 / Yangiliklar

Amaldagi tartibga köra, Özbekistonga naqd xorijiy valyuta va milliy valyutani çeklanmagan miqdorda olib kiriş mumkin. Biroq yoningizdagi naqd pulning jami miqdori 100 million söm ekvivalentidan oşsa, uşbu mablağning töliq summasi yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilişi va bojxona xodimiga taqdim etilişi kerak. Belgilangan miqdordan kam pul mablağlarini ham ixtiyoriy ravişda deklaratsiya qiliş mumkin.
Mamlakatdan çiqişda esa 100 million söm ekvivalentigaça bölgan naqd pulni deklaratsiyasiz olib çiqişga ruxsat etiladi. Uşbu miqdordan ortiq mablağni olib çiqişda tegişli bojxona talablari, jumladan, xorijiy fuqarolar uçun mamlakatga kiriş vaqtida deklaratsiya qilingan mablağlar doirasi hisobga olinadi.
Sayyohlar orasida uçraydigan keng tarqalgan xatolardan biri — mamlakatga kiriş vaqtida katta miqdordagi naqd pulni deklaratsiyada körsatmaslikdir. Safar davomida mablağning bir qismi sarflanib, qolganini mamlakatdan olib çiqiş zarurati tuğilganda, uni qonuniy ravişda olib kirilganini tasdiqlovçi hujjatning mavjud emasligi muammolarga sabab bölişi mumkin.
Masalan, sayyoh Özbekistonga 15 ming AQŞ dollari olib kirayotgan bölsa, belgilangan talabga muvofiq uşbu mablağni deklaratsiyada töliq körsatişi lozim. Safar davomida pulning bir qismini sarflagan taqdirda ham, qolgan mablağni (hatto u 100 mln sömdan ortiq bölsa ham) deklaratsiya nusxasi orqali tasdiqlaş imkoniyati uning mamlakatdan olib çiqilişida muhim ahamiyatga ega.
Sayyohlarga tavsiyalar:
• Özbekistonga kirişda yoningizdagi naqd pulning jami miqdori 100 million söm ekvivalentidan oşsa, barça mablağlarni deklaratsiyada töliq körsating.
• Deklaratsiyaning özingizda qoladigan nusxasini mamlakatdan çiqib ketguningizga qadar saqlang.
• Sömdagi ekvivalent bojxona çegarasidan ötilgan kundagi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi asosida hisoblanişini inobatga oling.
• Qoidalar böyiça savollaringiz bölsa, bojxona nazoratidan ötişdan oldin bojxona xodimidan tuşuntiriş oling.
• Bojxona qoidalariga rioya qiliş va zarur hujjatlarni saqlaş Özbekistonga taşrifni yanada qulay va xotirjam ötkazişga yordam beradi.
