Samarqand “Samarkand Marathon Series 2026” marafoniga mezbonlik qiladi
2026-10-31 11:35:00 / Yangiliklar

Tadbirni Samarkand Marathon Expo oçib beradi, bir kun ötib 2 km va 5 km masofalarga yuguriş, 2 km masofaga skandinavça yuriş, inklyuziv yuguriş, şuningdek, bolalar uçun Kids Run musobaqalari bölib ötadi.
Asosiy marafon iştirokçilari 42,2 km, yarim marafon iştirokçilari 21,1 km masofani bosib ötişadi, şuningdek, 10 km masofaga yuguriş musobaqasi ham ötkaziladi.
Start Registon maydonida böladi. Iştirokçilar tarixiy şaharning diqqatga sazovor joylari böylab yugurib ötişadi.
Samarkand Marathon seriyasi doirasida taşkilotçilar “Avvalgidan tozaroq” ekologik dasturini işga tuşiradi. Uning doirasida plastikni kamaytiriş, köp marta işlatiladigan materiallarga ötiş, çiqindilarni alohida yiğiş va qayta işlaşni joriy etiş, şuningdek, ekoball tizimi yordamida iştirokçilarning ekologik xabardorligini oşirişga e’tibor qaratiş rejalaştirilgan.
Dasturning yönalişlaridan biri plogging bölib, unda iştirokçilar yugurişni çiqindi yiğiş bilan birga olib borişadi. Bu aktsiya uçinçi marta ötkazilmoqda.
Sport tadbiri bölib ötadigan kunlarda Samarkand Marathon ma’ruzalari, şahar böylab ertalabki yuguriş ekskursiyalari va keçki kontsert rejalaştirilgan.
Marafon an’anaga köra xayriya xususiyatiga ega böladi. Yiğilgan mablağlar seriya startlari ötkaziladigan hududlarda bolalar sport maydonçalarini qurişga yönaltiriladi.
Samarkand Marathon seriyasi kuratori va marafonlarni ötkaziş bölimi boşliği Mirxan Sagitovning sözlariga köra, bu yil tadbirga xorijdan qiziqiş ortgan. 63 ta davlatdan 1,5 mingdan ortiq iştirokçi röyxatdan ötgan.
“Bu biz uçun marafon Özbekistondan taşqarida ham tobora tanilayotgani hamda nafaqat musobaqada qatnaşiş, balki Samarqandning boy madaniy merosi bilan tanişişni istagan yuguruvçilarni jalb qilayotganining tasdiğidir”, — dedi u.
Taşkilotçilar Samarkand Marathon’ni xalqaro sport tadbiri sifatida rivojlantiriş, jumladan, Samarqandni Markaziy Osiyoning yetakçi marafon yönalişiga aylantirişni maqsad qilgan.
Samarkand Marathon seriyasi şu nomdagi marafon, Bukhara Night Race, Sky Camp Böstonliq, Zaamin Ultra va Aral Ultra musobaqalarini özida jamlaydi.



