Navoiy viloyatining turistik obyektlari böylab press-tur taşkil etildi
2026-10-30 09:45:00 / Yangiliklar

Ikki kunlik dastur davomida iştirokçilar viloyatning tarixiy obidalari, tabiiy diqqatga sazovor maskanlari, şuningdek, turizmning turli yönalişlarida yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.
Press-tur doirasida qadimiy qoyatoş suratlari bilan maşhur Sarmişsoy davlat muzey-qöriqxonasi hamda Nurota tumanidagi Kiçiksoy turistik qişloğiga taşrif buyurildi. Mazkur maskanlarda jurnalistlar va blogerlar mahalliy urf-odatlar, mehmonlarni qabul qiliş an’analari hamda qişloq turizmining öziga xos jihatlarini örgandi.
Dasturdan Qizilqum çöli va Aydarköl atrofidagi sayyohlik maskanlari ham örin oldi. Xususan, “Qizilqum Safari”, “Golden Safari” va “Uzbekistan for You” turistik majmualarida bölgan iştirokçilar çöl sayohatlari, tabiat qöynida hordiq çiqariş va sarguzaşt turizmi uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.
Karmana tumanida esa Buyuk ipak yöli tarixidan hikoya qiluvçi Raboti Malik karvonsaroyi, Malik sardobasi va Deggaron masjidi ziyorat qilindi. Şuningdek, zamonaviy turistik maskanlardan biri — “Malik Karvon Family Park” faoliyati va taşrif buyuruvçilar uçun yaratilgan qulayliklar namoyiş etildi.
Press-tur iştirokçilari taşrif buyurilgan obyektlardagi infratuzilma, sayyohlarga körsatilayotgan xizmatlar va sohani rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslar haqida ma’lumot oldi. Jurnalistlar va blogerlar uçun bu jarayon Navoiy viloyatining turistik salohiyatini bevosita örganiş, uning yangi qirralarini kaşf etiş va keng auditoriyaga yetkaziş imkonini berdi.
Taşrif davomida namoyiş etilgan manzillar Navoiy viloyati turizmi tarixiy obidalar bilangina çeklanmasligini, balki çöl sayohatlari, tabiat turizmi va qişloq turizmi kabi yönalişlar ham sayyohlar uçun alohida qiziqiş uyğotişini körsatdi.









