Turizm sohasida sun’iy intellektni joriy etiş masalalariga bağişlangan ilmiy konferensiya bölib ötdi
2026-10-23 18:15:00 / Yangiliklar

Tadbir Turizm qömitasi va Turizmni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti iştirokida taşkil etilib, unda turizm sohasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş istiqbollari, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda innovatsion yeçimlarning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.
Konferensiya turizm sohasi vakillari, olimlar, ekspertlar va xalqaro mutaxassislarni bir maydonda jamlab, sun’iy intellektning turistik xizmatlar sifati va samaradorligini oşirişdagi örnini muhokama qiliş uçun imkoniyat yaratdi.
Tadbir davomida turizmda sun’iy intellektdan foydalaniş, sayyohlar ehtiyojlarini tahlil qiliş, raqamli xizmatlarni takomillaştiriş, turistik oqimlarni örganiş hamda zamonaviy texnologiyalar asosida turizm salohiyatini tarğib etiş kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Sun’iy intellekt texnologiyalari sayyohlar uçun şaxsiylaştirilgan sayohat yönalişlarini taklif etiş, turli tillarda tezkor axborot taqdim qiliş, turistik talabni prognozlaş va turizm taşkilotlari faoliyatini yanada samarali taşkil etiş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
Şuningdek, turizm sohasini raqamlaştiriş, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etiş va davlat taşkilotlari, ilmiy muassasalar hamda xususiy sektor örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari ham konferensiyaning muhim yönalişlaridan böldi.
Konferensiya turizm sohasida sun’iy intellektdan foydalaniş böyiça ilğor tajribalarni örganiş va yangi taşabbuslarni ilgari suriş uçun muhim muloqot maydoni bölib xizmat qildi.






