Özbekistonda ilk bor “Turizm ovuli” taşkil etilmoqda
2026-10-22 18:20:00 / Yangiliklar

Hududning öziga xos tabiati, milliy an’analari va mahalliy turmuş tarzi sayyohlar uçun katta qiziqiş uyğotib, gastronomik, etnografik va qişloq turizmini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda mahallada 21 ta oilaviy mehmon uyi, 7 ta ötovli oromgoh hamda 5 turdagi qöşimça turistik xizmatlar taşkil etilgan.
Mazkur taşabbuslar natijasida 100 nafarga yaqin işsiz qişloq aholisi, jumladan, xotin-qizlar doimiy iş bilan ta’minlandi. Bu esa turizmning hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, oilalar daromadini oşiriş va mahalliy aholining farovonligini yuksaltirişdagi muhim örnini namoyon etmoqda.
Amalga oşirilayotgan işlar natijasida “Yangiqazğon” mahallasi Navoiy viloyatining öziga xos turistik maskanlaridan biriga aylanib bormoqda. Hududda ötovlarda yaşaş, mahalliy urf-odatlar bilan tanişiş va milliy turmuş tarzini yaqindan his etiş imkoniyatlarining yaratilgani sayyohlarga öziga xos taassurotlar taqdim etmoqda.
Endilikda mahallaning turistik salohiyatini yanada keng namoyon etiş, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oşiriş, turistik infratuzilmani takomillaştiriş hamda yangi xizmat turlarini rivojlantiriş maqsadida “Yangiqazğon” mahallasiga “Turizm ovuli” maqomini beriş taşabbusi ilgari surilmoqda.
Mazkur taşabbus hududda turizm xizmatlarini kengaytiriş, mahalliy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va yangi investitsiyaviy imkoniyatlarni yaratiş bilan birga, Navoiy viloyatining sayyohlik salohiyatini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda tarğib etişga xizmat qiladi.





