Parkent tog‘larida ekstremal va faol turizm yo‘nalishida tanishuv sayohati
2026-10-20 18:30:00 / Yangiliklar

Ushbu hamkorlik doirasida joriy yilning 18-oktyabr kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida Toshkent viloyati Parkent tumanining so‘lim va maftunkor tog‘li hududlarida poytaxtimizdagi yetakchi xalqaro universitetlar – Vebster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda Vestminster universiteti ustoz – talabalari va xodimlari ishtirokida trekking sayohati tashkil qilindi.
Loyihaning asosiy maqsadi yoshlarning ekstremal va tog‘ turizmiga oid amaliy bilimlarini oshirish, yurtimizning tabiiy turistik salohiyatini o‘rganish hamda kelgusida turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlanishiga ko‘maklashishdan iborat.
Tanishuv sayohati davomida ishtirokchilar hududning tabiiy salohiyati, tog‘ turizmi imkoniyatlari hamda trekking yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, Qo‘mita mutaxassislari tomonidan tog‘da harakatlanish va xavfsizlik qoidalari bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
