O‘zbekiston va Gruziya turizm aloqalarini mustahkamlamoqda
2026-10-15 14:45:00 / Yangiliklar

Gruziya Milliy turizm ma’muriyati (GNTA) tomonidan tashkil etilgan tadbirda turizm biznesi vakillari, turoperatorlar va mehmonxona sektori vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida Gruziyaning turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazildi, shuningdek, 40 ta turizm kompaniyasi vakillarini birlashtirgan B2B uchrashuvlar tashkil etildi.
Bunday tadbirlar yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda O‘zbekistondan Gruziyaga sayohat qiluvchilar uchun turistik takliflarni kengaytirishga yangi imkoniyatlar yaratadi.
Mazkur taqdimot GNTA tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro tadbirlar turkumining bir qismi hisoblanadi. Avvalroq shunday uchrashuvlar Stokgolm, Kopengagen va Ostona shaharlarida bo‘lib o‘tgan. Navbatdagi manzil Xitoy bo‘lib, Gruziya delegatsiyasi ushbu mamlakatning yana 40 ta shahriga tashrif buyurishni rejalashtirgan.







