Hududlarda turizm tadbirkorlari bilan “Ochiq muloqot”lar o‘tkazildi
2026-10-12 13:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuvlarda sohada yaratilayotgan imkoniyatlar, amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, joylashtirish vositalariga joriy etilgan yangi standartlar haqida ma’lumot berildi. Xizmat sifatini oshirish va yangi turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Nukusda “Uzbekistan Airways” AJ vakillari bilan yangi yo‘nalishlar va kichik aviatsiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi. Toshkentda o‘tgan shaxsiy qabulda tadbirkorlarning murojaatlari ijobiy hal etildi.
Shu bilan birga, Qashqadaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida yangi mehmonxona va ekoturizm loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi. Loyihalarni belgilangan muddatda ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bildirilgan taklif va murojaatlarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan amaliy choralar belgilab olindi.




