Andijon, Farg‘ona va Namanganda mehmonxona sohasi vakillari bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazildi
2026-10-10 09:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuvlarda tadbirkorlarga sertifikatlashtirish va inspeksiya jarayonlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha taqdimotlar qilindi. Standartlarga kiritilgan o‘zgartirishlar, sertifikatlashtirish tartibidagi yangiliklar hamda markaz faoliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, brend mehmonxonalarni O‘zbekistonga olib kirish, yulduzli mehmonxonalar sonini ko‘paytirish va ularning sifatini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar muddati uzaytirilgani haqida ham ma’lumot berildi.
Savol-javob tarzida o‘tgan muloqotda mehmonxonalar vakillari bilan subsidiyalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 6-ochiq muloqotda taqdim etilgan imtiyozlarning amalda qo‘llanilishi hamda kredit olish masalalari atroflicha muhokama qilindi, sohadagi mavjud muammolar o‘rganildi.






