9 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 10 million nafardan oshdi
2026-10-07 15:35:00 / Yangiliklar
2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga 10,3 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 20,4 foizga ko‘p.

Birgina sentyabr oyida mamlakatimizga 1,2 mln nafar sayyoh keldi. Turistik tashriflarning eng yuqori o‘sishi Xitoy (2,1 baravar), Malayziya (1,9 baravar), Misr va Ruminiya (1,8 baravar), Indoneziya (1,7 baravar), Yaponiya (1,5 baravar), AQSH (1,4 baravar), Rossiya (1,3 baravar) davlatlaridan qayd etildi.
Shuningdek, Germaniya va Buyuk Britaniyadan keluvchilar 25 foizga, Fransiyadan 21 foiz va Turkiyadan esa 15 foizga oshdi.
Bu davr mobaynida turistik xizmatlar eksporti 5,3 mlrd dollarga yetdi. Bu 2025-yilning mos davri bilan solishtirganda 51,2 foizga ko‘p.
