Namanganda V Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tadi
2026-10-07 13:15:00 / Yangiliklar

Uch kun davom etadigan festivalda mahalliy va xorijiy asal yetishtiruvchilar, tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar hamda soha mutaxassislarining ishtiroki rejalashtirilgan.
Festival dasturidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:
• Asal va asalarichilik mahsulotlarining xalqaro ko‘rgazma-savdosi;
• Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va milliy hunarmandchilik yarmarkalari;
• Asalarichilik sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ixtirolar ko‘rgazmasi;
• Tijorat banklarining sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taqdimotlari;
• Milliy taomlar, jumladan, osh chempionati va madaniy-ko‘ngilochar dasturlar;
• Mahalliy va xorijiy tadbirkorlar ishtirokida tajriba almashish hamda ishbilarmonlik muloqotlari.
Shuningdek, xorijiy mehmonlar va ishbilarmon doira vakillari uchun Namangan viloyatining investitsiyaviy, iqtisodiy va turistik imkoniyatlarini namoyish etuvchi maxsus infoturlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Festivalning ochilish va yopilish marosimlari doirasida milliy folklor jamoalari, estrada xonandalari va san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari, turli ko‘rgazmalar hamda sport namoyishlari tashkil etiladi.
Mazkur xalqaro festival mahalliy asal yetishtiruvchilar uchun yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mahsulotlar eksportini kengaytirish va xalqaro tajribani o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
