Turizm biznesi uchun yangi imkoniyatlar
2026-10-06 14:55:00 / Yangiliklar

Assotsiatsiyaning asosiy yo‘nalishi Saudiya Arabistonidagi Umra ziyoratini Toshkent, Samarqand va Buxorodagi tarixiy va diniy qadamjolarga tashriflar bilan uyg‘unlashtirgan “Umra plyus” turistik mahsulotlarini rivojlantirishdan iborat.
“Umra plyus” xalqaro turizm assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish orqali turizm sohasi vakillari quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
- ·assotsiatsiyaga a’zolikni tasdiqlovchi rasmiy “A’zolik sertifikati”ga ega bo‘lish;
- ·assotsiatsiyaning xalqaro tadbirlari va loyihalarida ishtirok etish;
- ·xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan turizm yarmarkalari va xalqaro tadbirlar doirasida imtiyozli shartlarda stend olish imkoniyatidan foydalanish;
- ·yarmarkalar doirasida tashkil etiladigan targ‘ibot va marketing faoliyatida ishtirok etish;
- ·assotsiatsiya tomonidan kelgusida joriy etiladigan maxsus ko‘krak nishonlariga ega bo‘lish;
- ·xalqaro yarmarkalar doirasida esdalik sovg‘alari bilan ta’minlanish.
Assotsiatsiyaga a’zolik ziyorat turizmi tashkilotlari va turoperatorlari uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi turistik mahsulotlarni ilgari surish hamda xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Xususan, Malayziya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Turkiya, Marokash, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa istiqbolli bozorlardan ziyoratchilarni jalb etish hamda Umra safarlarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar bilan birlashtirgan yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza ko‘chasi, 6/4-uy
📧 E-mail: info@upita.uz
📱 Murojaat uchun: +998954850101 (Murodjon Sulaymonov).
