Milliy turistik sovg‘alar dizayni va eskizi mualliflari mukofotlandi
2026-09-28 17:00:00 / Yangiliklar

Hakamlar hay’ati 600 dan ortiq ariza orasidan eng yaxshi 10 ta dizayn va eskizni tanlab oldi. G‘oliblar 27-sentyabr — Butunjahon turizm kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda taqdirlandi.
Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi va Badiiy akademiya hamkorligida tashkil etilgan tanlov maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish va hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Birinchi bosqichda dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha sovg‘a mahsulotlarining eskiz va dizayn g‘oyalarini taqdim etdi. G‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Birinchi bosqich g‘oliblari:
Abduxakimov Otajon Toshtemirovich — makrame va qo‘lda to‘qilgan buyumlar tayyorlash
Ismoilova Dilbar Bobur qizi — yog‘och o‘ymakorligi
Pulatov Sardorbek Olim o‘g‘li — esdalik buyumlarini tayyorlash
Bozorov Asliddin Norqo‘zi o‘g‘li — mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash
Azimova Gulnora Dilshotovna — zardo‘zlik buyumlari
Zoirova Laylo Botir qizi — milliy qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar tayyorlash
Xalmatov Zokirjon Furqatovich — gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash
Ziyodullayev Javoxir Erkin o‘g‘li — tosh va suyak o‘ymakorligi
Sanatulin Danil Denisovich — esdalik buyumlarini tayyorlash
Pulatov Sardorbek Olim o‘g‘li — kandakorlik, misgarlik buyumlarini tayyorlash
G‘olib deb topilgan 10 ta dizayn va eskiz ikkinchi bosqich uchun hunarmandlarga taqdim etiladi.



















