Karmanada tarixiy meros va zamonaviy turizm uyg‘unligi namoyish etildi
2026-09-25 11:45:00 / Yangiliklar

Raboti Malik karvonsaroyida ishtirokchilarga Karmananing Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘liq tarixiy merosi va turistik salohiyati haqida so‘zlab berildi. M37 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida 4 gektar maydonda barpo etilgan “Malik Karvon Family Park” majmuasida esa oilaviy hordiq va ko‘ngilochar xizmatlar, Eco Park, agroturizm, gastronomik va boshqa turistik imkoniyatlar namoyish etildi.
Qadimiy obidalarni zamonaviy turistik obyektlar bilan bog‘lash orqali Karmana tumanida tarix, madaniyat, hordiq va zamonaviy servisni birlashtirgan yaxlit turistik yo‘nalish shakllantirilmoqda. Infotur davomida OAV vakillari va blogerlar tomonidan hududning turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi foto va videomateriallar tayyorlandi.
Tadbirdan Navoiy viloyatining tarixiy-madaniy merosi va zamonaviy turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, yangi marshrutlarni ommalashtirish hamda hududga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida tashkil etildi.





