Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” IV xalqaro festivali o‘tkaziladi
2026-09-22 09:00:00 / Yangiliklar

Festivalning asosiy maqsadi — Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlarini, mahalliy hunarmandlar mahsulotlarini hamda hududdagi turizm maskanlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Ikki kun davomida hududning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro treninglar tashkil etiladi. Shuningdek, Tuproqqal’a tarixiy obyektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert dasturi o‘tkaziladi. Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun “Ichan qal’a” tarixiy majmuasi bo‘ylab ekskursiya ham rejalashtirilgan.
“Sahro sadosi” festivali Ellikqal’a tumanining boy tarixiy merosi va o‘ziga xos tabiati bilan mahalliy hamda xorijiy sayyohlarni yaqindan tanishtirishga, hududning turizm imkoniyatlarini xalqaro miqyosda namoyish etishga xizmat qiladi.
