Xizmatlar eksportida turizm yetakchi yo‘nalish bo‘lib qolmoqda
2026-09-04 15:10:00 / Yangiliklar

Xizmatlar eksporti tarkibida sayohat (turizm) yetakchi o‘rinni egalladi. Ushbu yo‘nalishning umumiy xizmatlar eksportidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, xizmatlar eksporti tarkibida transport xizmatlarining ulushi 31,7 foiz, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari 8,5 foiz, boshqa ishbilarmonlik xizmatlari esa 2,9 foizni tashkil qildi.
Turizmning xizmatlar eksportidagi yarmidan ortiq ulushi mamlakat iqtisodiyotida sohaning ahamiyati tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. Xususan, xorijiy sayyohlar oqimining ko‘payishi, yangi turistik mahsulotlar va yo‘nalishlarning shakllantirilishi, zamonaviy turistik infratuzilmaning rivojlantirilishi turizm xizmatlari eksportini oshirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi salohiyatini yanada kengaytirish, xorijiy turistlar uchun raqobatbardosh va sifatli xizmatlarni taklif etish hamda turizmning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini izchil oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biridir.
