Buxoro turoperatorlari Surxondaryo turizmi imkoniyatlari bilan tanishdi
2026-09-03 11:05:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida mehmonlar Surxondaryoning tarixiy-madaniy meros obyektlari, qadimiy ziyoratgohlari, tabiiy va ekoturizm maskanlari hamda sayyohlik infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Ularga hududning mavjud turistik marshrutlari, sayyohlik imkoniyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Infotur doirasida Buxoro va Surxondaryo turoperatorlari o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shma turpaketlar ishlab chiqish, turistik mahsulotlarni o‘zaro targ‘ib qilish va sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yangi turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yish, ikki hudud o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va Buxorodan Surxondaryoga keluvchi sayyohlar oqimini ko‘paytirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Ushbu infotur hududlarning turistik imkoniyatlarini o‘zaro targ‘ib qilish, turoperatorlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va ichki turizm yo‘nalishlarini kengaytirishga xizmat qiladi.






