«Мир 24» telekanali O‘zbekistonning turistik salohiyati haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorladi
2026-09-03 08:50:00 / Yangiliklar
Joriy yil yanvar oyida Rossiyaning «Мир 24» telekanali ijodiy guruhi O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatning turistik salohiyatini keng yoritishga qaratilgan «Жемчужина Шёлкового пути» ko‘rsatuvi uchun tasvirga olish ishlarini amalga oshirgan edi.

Mazkur ko‘rsatuv yaqinda telekanal efiri orqali namoyish etildi.
Dasturda O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosi, betakror tabiati, qadimiy shaharlari, milliy an’analari hamda sayyohlik imkoniyatlari keng yoritilgan. Shuningdek, mamlakatning jahon sayyohlik xaritasidagi o‘rni va turistlar uchun jozibador jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Rossiyalik tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan ushbu ko‘rsatuv O‘zbekistonning boy turistik salohiyatini xalqaro auditoriyaga yanada keng tanitishga xizmat qiladi.
«Жемчужина Шёлкового пути» ko‘rsatuvini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://mir24.tv/tv-shows/dokumentalnye-filmy/35?activeRelease=83541
