Malayziyalik talabalar Samarqand obidalarini “storytelling” formatida suratga olmoqda
2026-08-27 11:35:00 / Yangiliklar

Sanʼat, dizayn va media fakultetining suratkash hamda dizaynerlaridan iborat 18 kishilik guruh shaharning boy tarixi, urf-odatlari va madaniyatini aks ettiruvchi “storytelling” uslubidagi foto va video kontent tayyorlamoqda.
Safar davomida mehmonlar Samarqandning tarixiy obidalari — Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi va Ulugʻbek rasadxonasini suratga oldi. Shuningdek, guruh Siyob bozori singari shahar hayoti va anʼanalarini aks ettiruvchi maskanlarda, anʼanaviy hunarmandchilik va tabiat manzaralari bilan mashhur “Konigil” sayyohlik qishlogʻida ham bo‘ldi.
Tayyorlangan materiallar “Instagram”, “Facebook”, “TikTok” va “YouTube” ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilib, Ipak yoʻli chorrahasida joylashgan qadimiy Samarqandning madaniy merosini xorijiy auditoriyaga zamonaviy media formatlarda tanishtirishga xizmat qiladi.








