Gulistonda an’anaviy “Qovun sayli” festivali o‘tkaziladi
2026-08-26 14:20:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 27–28-avgust kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida mahalliy dehqonlar yetishtirgan sara qovun va tarvuz navlari ko‘rgazmasi hamda degustatsiyasi tashkil etiladi. Shuningdek, mehmonlar milliy san’at va hunarmandchilik namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
Festival dasturidan bayramona konsertlar, folklor jamoalarining chiqishlari va an’anaviy dorbozlik tomoshalari o‘rin olgan. Tashrif buyuruvchilar maxsus foto-hududlarda esdalik suratlariga tushishlari hamda yarmarkada hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilishlari mumkin.
Turizm qo‘mitasi barcha sayohat ixlosmandlari va yurtimiz mehmonlarini “Qovun sayli” festivaliga taklif etadi.
