“Sangardak” turizm majmuasi birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi
2026-08-26 13:40:00 / Yangiliklar

“Sangardak” turizm markazi hududida umumiy qiymati 76 million dollarlik 152 ta loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, 37 ta loyiha — mehmon uylari, bungalov va shale uylar, restoran, ayvonlar, zipline, arg‘imchoq hamda boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Avstriyaning “Doppelmayr Seilbahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan 1 535 metr uzunlikdagi zamonaviy dor yo‘li barpo etilib, tashrif buyuruvchilarga xizmat qilmoqda. Mazkur loyiha yiliga 800 ming nafargacha sayyohga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Majmua hududida 14 kilometr ichimlik suvi, 4,2 kilometr oqova suv va 3,2 kilometr elektr tarmoqlari tortildi, 3 ta suv rezervuari, 8 ta transformator punkti barpo etildi. 4 kilometr yo‘l asfaltlanib, zarur yo‘l infratuzilmasi yaratildi.




