Xorazm viloyatida ilk xalqaro mehmonxona brendi o‘z faoliyatini boshladi
2026-08-25 15:10:00 / Yangiliklar

Mehmonxona qurilishiga 26 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilingan bo‘lib, 145 ta xonaga ega obyekt bir vaqtda 300 kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Obyekt ishga tushishi natijasida 200 ta yangi ish o‘rni ochilgani esa hudud aholisi daromadiga ijobiy ta’sir qilmay qolmaydi.
Qayd etish kerakki, milliy va zamonaviy uslub uyg‘unligida barpo etilgan “Mercure” mehmonxonasi viloyatdagi ilk xalqaro mehmonxona brendi sifatida Xorazm vohasining turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xalqaro mehmonxona brendlarining viloyatda ish boshlashi, eng avvalo, xarid qobiliyati yuqori sayyohlarni jalb qilishda muhim o‘rin tutadi. Xorijiy sayyoh maskan tanlashda tanish va ishonchli brend nomiga tayanadi. Bu tendensiya mamlakatda turizmni rivojlantirishda sifat jihati tobora ustuvor ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.





