Malayziya universiteti talabalari Buxoroning tarixiy maskanlari bilan tanishdi
2026-08-24 18:10:00 / Yangiliklar

Buxorodagi dasturning birinchi kuni Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi, Sitorai Mohi Xossa saroyi hamda Ismoil Somoniy maqbarasiga tashrifga bagʻishlandi. Keyingi kunlarda mehmonlar shaharning tarixiy markazi — Ark qalʼasi, Bolohovuz majmuasi, Poyi Kalon, Abdulazizxon va Ulugʻbek madrasalari, savdo gumbazlari hamda Labi hovuz majmuasini suratga oldi.
Safar davomida Chor Bakr meʼmoriy majmuasi, Chor Minor, Fayzulla Xoʻjayev uy-muzeyi va Abduxoliq Gʻijduvoniy maqbarasi kabi obyektlarda, shuningdek qadimiy “Qoʻrgʻon” sayyohlik qishlogʻida suratga olish ishlari olib borildi. Talabalar Buxoro davlat universiteti vakillari bilan ham uchrashdi.
Buxorodagi dastur yakunlangach, guruh safarni davom ettirib, Samarqand shahriga yoʻl oldi.



