Toshkent viloyatining turistik manzillariga infotur tashkil qilindi
2026-08-23 10:15:00 / Yangiliklar

Infoturda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Mehmonlar viloyatning bir qator turistik manzillari bilan, jumladan "Chorvoq darvozasi" loyihasi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
"Chorvoq darvozasi" — Bo‘stonliq tumanida, Chirchiq daryosi bo‘yida, qariyb 25 gektar maydonda "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi doirasida barpo etilayotgan zamonaviy turistik va dam olish majmuasi. Loyihada mintaqaning an’anaviy tog‘ me’morchiligi va tabiiy landshaftga uyg‘un yondashuvga alohida e’tibor qaratilgan.
Loyiha doirasida ko‘p qavatli turar joylar, mehmonxonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, kafe va restoranlar, bank ofisi, akvapark, musiqali favvora hamda avtoturargoh barpo etilmoqda. Shuningdek, Chirchiq daryosi ustidan shishali osma ko‘prik qurish ham rejalashtirilgan. Majmua hududda faol va mavsumiy turizmni rivojlantirishga, sayyohlar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.







