Dam olish va bayram kunlari Bo‘stonliq tumaniga qo‘shimcha transport qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda
2026-08-22 19:40:00 / Yangiliklar

Bo‘stonliqdagi turistik maskanlarga olib boruvchi 324M va 325M-sonli “Chinorkent temir yo‘l bekati – Beldersoy” mikroavtobus yo‘nalishlari Amirsoy va Chimyon orqali harakatlanadi.
Odatiy kunlarda ushbu yo‘nalishlarda 20 ta mikroavtobus soat 6:00 dan 18:30 gacha har 15 daqiqada qatnaydi. Jami 86 ta qatnov amalga oshiriladi.
Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlarida qatnovlar soat 5:30 dan boshlanadi va har 10 daqiqada amalga oshiriladi. 324M yo‘nalishda qatnovlar 22:06 gacha, 325M yo‘nalishda esa 22:00 gacha davom etadi. Harakat tarkibi mos ravishda 15 va 16 tagacha oshiriladi. Natijada qatnovlar soni 158 taga yetkaziladi.
Toshkent–Bo‘stonliq yo‘nalishida 1226-sonli “Mashinasozlar metro bekati – Xumson qo‘rg‘oni (Chorvoq)” avtobus yo‘nalishida 3 ta avtobus muntazam qatnaydi. Dam olish va bayram kunlari talabga qarab yana 1 dona avtobus zaxiraga chiqariladi.
