“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi — 21-sentyabrga qadar davom etadi
2026-08-22 12:15:00 / Yangiliklar

Mazkur bosqichda dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari mumkin.
Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: Tanlov mezonlariga mos bo‘lmagan – avvaldan mavjud, boshqa muallifdan ko‘chirilgan, amalda yasash murakkab yoki juda qimmatga tushadigan, eskiz va dizayni bo‘lmagan materiallar, shuningdek, tayyor sun’iy intellekt loyihalari Hakamlar hay’ati baholashiga kiritilmaydi.
