Toshkentdan Haydarobodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda
2026-08-21 10:30:00 / Yangiliklar

Mazkur aviaqatnovlar mamlakatimiz va Hindiston o‘rtasidagi sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qilib, Janubiy Hindistonning yirik shaharlaridan sayyohlarning Toshkent shahriga yetib kelish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Toshkent – Haydarobod reyslari haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Haydarobod — Janubiy Hindistondagi yirik megapolis, Telangana shtatining poytaxti hamda mamlakatning muhim texnologik markazlaridan biri. Aholisi 10 milliondan ortiq bo‘lgan shahar “marvarid shahri” va “Hindiston Kremniy vodiysi” nomlari bilan mashhur bo‘lib, unda qadimiy islom me’morchiligi jahon IT-gigantlarining ofislari bilan uyg‘unlashgan.
Mazkur to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvini yanada faollashtirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
