Shahrisabzda “Iroqi” xalqaro kashtachilik festivali o‘tkazilmoqda
2026-08-13 09:35:00 / Yangiliklar

Festival — asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy kashtachilik an’analarini namoyish etish, mohir hunarmandlar ijodini targ‘ib qilish va ushbu san’at turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda O‘zbekistonning turli hududlari hamda qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan mohir kashtachilar ishtirok etib, o‘zlarining noyob va bebaho ijod namunalarini namoyish etadi.
Festival dasturidan:
milliy kashtachilik namunalari ko‘rgazmasi;
hunarmandlarning ijodiy ishlari taqdimoti;
kashta tikish bo‘yicha mahorat darslari;
milliy hunarmandchilikka oid ko‘rgazma va taqdimotlar;
madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar;
mahalliy va xorijiy hunarmandlar o‘rtasida tajriba almashish tadbirlari o‘rin oladi.
