Xorazmdagi 5 ta mehmonxonaga 1 milliard so‘mdan ortiq subsidiya ajratildi
2026-08-06 11:50:00 / Yangiliklar

Mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi «2024–2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–394-son qaroriga muvofiq taqdim etildi.
Subsidiya mablag‘lari quyidagi mehmonxonalarga yo‘naltirildi:
“Tukezm” mehmonxonasi — 580 mln so‘m;
“Farohat Ona” mehmonxonasi — 200 mln so‘m;
“Saroy Khiva” mehmonxonasi — 150 mln so‘m;
“Nova Hotel” mehmonxonasi — 60 mln so‘m;
“Sherline” mehmonxonasi — 54 mln so‘m.
Amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari hududda zamonaviy joylashtirish vositalarini rivojlantirish, turistik xizmatlar sifatini oshirish va sayyohlarni qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida 34 ta yangi joylashtirish vositasi faoliyat boshladi. Jumladan, 17 ta mehmonxona, 3 ta xostel, 12 ta oilaviy mehmon uyi hamda 2 ta yotoqxona ishga tushirildi. Bu esa viloyatning turistlarni qabul qilish salohiyatini yanada oshirish bilan birga, mehmonlarga zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratmoqda.
Shuningdek, hisobot davrida turizm xizmatlari sohasida tadbirkorlik faolligi ham oshdi. Viloyatda 18 ta yangi turoperator va turagentlik o‘z faoliyatini boshladi. Yangi turizm subyektlarining tashkil etilishi sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish, turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Turizm sohasini davlat tomonidan izchil qo‘llab-quvvatlash, joylashtirish vositalari va turizm xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Xorazm viloyatining turistik jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.







