Turizmning raqamli kelajagi: talabalar AI, AR va VR yechimlari bilan tanishdi
2026-07-30 16:20:00 / Yangiliklar

Infotur davomida talabalar “Magic Mirror” interaktiv installyatsiyasi va “NazzAR Bobo” raqamli qahramoni bilan tanishdi. Tadbirda universitet rektori Muxsinjon Xolmuhamedov va “NAZAAR Innovation Group” asoschisi Bobur Rahimov smart-turizm, madaniy merosni raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Amaliy qismda talabalar “AI/AR/VR Lab” faoliyati, startap ekotizimi, virtual va kengaytirilgan reallik yechimlari hamda madaniy meros obyektlarini 3D modellashtirish va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.
Memorandumga muvofiq, talabalar zamonaviy laboratoriyalarda amaliyot o‘tashi, qo‘shma innovatsion loyihalarda qatnashishi va raqamli turizm sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.



