Yozning jazirama kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab sayohat qilishga boʻlgan qiziqishni kamaytirayotgani yoʻq
2026-07-30 16:45:00 / Yangiliklar

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga 6,56 million nafardan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 25 foizga ko‘pdir. Faqat iyun oyining o‘zida mamlakatga 1,2 milliondan ortiq xorijiy mehmon kelgani O‘zbekistonning yoz mavsumida ham sayyohlar uchun jozibador yo‘nalish bo‘lib qolayotganini yaqqol tasdiqlaydi.
Toshkent viloyati yozgi dam olish infratuzilmasi eng rivojlangan manzillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa Chorvoq va Bo‘stonliq hududlari, yozgi turizmning eng ommabop yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bu yerdagi Amirsoy Mountain Resort, Beldersoy Resort & SPA, Part of Destination by Hyatt, Archazor Mountain Resort & Spa, Layner Resort, Chorvoq Oromgohi, Bostonliq Resort, Pyramids Resort, Sky Village, Burchmulla Resort kabi mehmonxonalar basseynlari bilan mashhur. Viloyatdagi Fun N Food Village (Chirchiq Aquapark) hamda OAZIS Yangiyo‘l Aquapark yoz faslida minglab mehmonlarni qabul qiladi.
Samarqandda tarixiy obidalar bilan bir qatorda zamonaviy dam olish infratuzilmasi ham shakllangan. Hilton Garden Inn Samarkand, Mövenpick Samarkand, DiliMah Premium Luxury, Meridian Plaza by Reikartz, Kohinur Plaza, Hilton Samarkand Regency, Savitsky Plaza va Silk Road Samarkand turistik markazidagi boshqa mehmonxonalar basseyn va SPA xizmatlarini taklif etadi.
Buxoro viloyati ham issiq iqlimga moslashgan mehmondo‘stlik infratuzilmasiga ega. Mercure Bukhara Old Town, Wyndham Bukhara, Sahid Zarafshon Hotel, Asia Bukhara, Minorai Kalon Hotel, Boutique Hotel Minzifa, Boutique Hotel Shahriston, Ramada by Wyndham Bukhara, Paradise Plaza Luxury Hotel kabi mehmonxonalar basseynlari bilan sayyohlarga kunning eng issiq vaqtlarida ham qulay sharoit yaratadi. Kechqurun esa qadimiy shahar ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish mehmonlarga unutilmas taassurot bag‘ishlaydi. Viloyatning janubiy qismida joylashgan To‘dako‘l suv ombori esa so‘nggi yillarda tabiat qo‘ynida dam olishni istovchilar uchun mashhur maskanga aylandi. Bu yerda plyaj hududlari, baliq ovlash, qayiq sayrlari, suv sporti turlari hamda sohil bo‘yidagi dam olish bazalari faoliyat yuritmoqda. Yozning issiq kunlarida To‘dako‘l atrofidagi dam olish maskanlari Buxoro va qo‘shni hududlardan kelgan sayyohlarni keng qabul qilib, ichki turizmning rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Xorazm viloyatida Ichan-qal’a va Arda Xiva majmualarini tomosha qilgandan keyin Farovon Khiva Hotel, Asia Khiva Hotel, Erkin Palace Hotel, Hotel Khiva Residence, Orient Star Khiva, Bankir Khiva, Isakho‘ja Hotel kabi basseynli mehmonxonalarda hordiq chiqarish mumkin. Bu mehmonxonalar nafaqat yuqori servis, balki yozgi issiqda salqin dam olish imkoniyatlari bilan ham mashhur.
Namangandagi Reikartz Namangan, Akhsikent Hotel, Orzu Hotel, Shedevr Plaza, Tergachi Spa Hotel kabi mehmonxonalarda basseynlar mavjud. Shahardagi Afsonalar vodiysi majmuasida Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan biri bo‘lgan zamonaviy akvapark, 16 ta basseyn va turli suv attraktsionlari joylashgan.
Farg‘ona viloyatida Asia Fergana Hotel, Club 777 Hotel, Grand Fergana Hotel, Status House, Sakura Inn kabi mehmonxonalar basseyn xizmatlarini taklif etadi. Qo‘qon va Farg‘ona shaharlarida bir nechta xususiy akvakomplekslar va yozgi basseynlar faoliyat ko‘rsatadi.
Andijonda mehmonxonalar huzuridagi basseynlar katta ommalashgan. Andijondagi zamonaviy mehmonxonalar, jumladan Bogʻishamol Hotel, Premier Hotel, Vella Elegant va Karvon Saroy Hotel, nafaqat mehmonlar, balki tashrif buyuruvchilar uchun ham suv boʻyida dam olish xizmatlarini taklif etmoqda. Faol dam olishni yoqtiruvchilar uchun esa zamonaviy akvaparklar keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Andijon shahridagi Atlantis Aquapark, Andijon Aquapark hamda Izboskan tumanidagi Aquapark yozgi dam olish uchun eng ommabop maskanlardan biri hisoblanadi.
Zomin tumanining tog‘ hududlaridagi Hilton Garden Inn Zaamin, Wyndham Garden Zaamin, Zaamin Mountain Resort, Suffa Spa&wellness kabi mehmonxonalar tog‘ manzaralari, toza havo va basseynlar uyg‘unligi bilan dam oluvchilarga yuqori darajadagi xizmatlarni taklif etadi. Jizzax viloyati yozgi ekoturizmning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zomin milliy tabiat bog‘i va tog‘ hududlari bilan bir qatorda, Forish tumanidagi mashhur Aydarko‘l sohili ham sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Bu yerda faoliyat yuritayotgan zamonaviy Aydarko'l Resort mehmonlarga ko‘l bo‘yidagi shinam dam olishni taklif etadi. Kurortda turli toifadagi xonalar, ochiq basseyn, SPA va sog‘lomlashtirish xizmatlari, restoran, bolalar uchun dam olish hududlari, elektromobillarni quvvatlash shoxobchasi hamda qayiq sayrlari, karting, plyaj hordig‘i kabi ko‘ngilochar xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Kurortning Aydarko‘l sohilida joylashgani mehmonlarga tabiat qo‘ynida orom olish, quyosh botishini tomosha qilish va ko‘l manzaralaridan bahra olish imkonini beradi.
Qashqadaryo viloyatida ham yozgi dam olish infratuzilmasi izchil rivojlanmoqda. Qarshi shahridagi Ocean Aquapark Qarshi viloyatdagi eng yirik suv-ko‘ngilochar majmualaridan biri hisoblanadi. Viloyatga keluvchi mehmonlar Sultan Hotel, Nasaf Hotel, Afrosiyob Hotel Qarshi, Grand Sarbon Hotel, Royal Plaza Qarshi kabi basseynli mehmonxonalar xizmatlaridan ham foydalanishlari mumkin.
Navoiy viloyatida ham zamonaviy suv ko‘ngilochar majmualari paydo bo‘lmoqda. Shahardagi Parillkin House yoz mavsumida aholi va sayyohlarning eng ko‘p tashrif buyuradigan manzillaridan biri hisoblanadi. Grand M Hotel, FAYZ Hotel, Zarafshon Grand Hotel, Shedevr Plaza, Royal Navoi Hotel mehmonxonalar esa basseynlari bilan sayohatchilarga munosib xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Navoiy viloyati hududida joylashgan mashhur Aydarko‘l ko‘llar tizimi yozgi ekoturizmning eng ommabop manzillaridan biriga aylangan. Bu yerga tashrif buyuruvchilar cho‘l safari, tuyalarda sayohat, o‘tovlarda tunash, baliq ovlash, qayiq sayrlari hamda ko‘l sohilida dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Aydarko‘l atrofida tashkil etilgan yurt lagerlari va ekolagerlar mahalliy hamda xorijiy sayyohlar orasida tobora ommalashib bormoqda.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Asson Hotel, Termez Palace Hotel, Surxon Hotel kabi mehmonxonalar basseynlari bilan sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, xususiy yozgi basseyn majmualari ham faoliyat yuritmoqda.
Guliston shahridagi Guliston Grand Hotel, Sayhun Hotel, City Hotel Guliston kabi mehmonxonalar basseyn xizmatlarini taklif etadi. Shuningdek, bir qator xususiy suv-dam olish majmualari ham mavjud.
Nukus shahridagi Jipek Joli Hotel, Tashkent Hotel Nukus, Ratmina Hotel, Nukus Plaza Hotel, Besqala Hotel kabi mehmonxonalar basseynlari bilan sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerdan Mo‘ynoq, Orol dengizi va Ustyurt platosiga sayohat qiluvchilar keng foydalanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yozgi turizm nafaqat tarixiy obidalarni ziyorat qilish, balki suv attraktsionlari, basseynlar, SPA markazlari, tog‘ kurortlari va zamonaviy mehmonxonalarda hordiq chiqarish imkoniyatlari bilan ham boyib bormoqda. Bu esa mamlakatning har bir hududini yozgi sayohat uchun jozibador maskanga aylantirayotgani, jazirama havo esa sayyohlarning yurt bo‘ylab sayohat qilish istagini aslo kamaytirmayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.









