Toshkent — dunyoning eng jozibador shaharlari qatorida!
2026-07-27 17:25:00 / Yangiliklar
Toshkent shahri nufuzli Wanderlust Reader Travel Awards 2026 mukofotining “Most Desirable City Worldwide” — “Dunyoning eng jozibador shahri” nominatsiyasi bo‘yicha qisqa ro‘yxatga kiritildi.

Buyuk Britaniyaning yetakchi sayohat nashrlaridan biri — Wanderlust tomonidan tashkil etiladigan ushbu mukofot g‘oliblari sayohatchilar va jurnal o‘quvchilarining ovozlari asosida aniqlanadi.
Toshkentning boy tarixi, betakror me’morchiligi, zamonaviy qiyofasi, milliy an’analari va mehmondo‘stligini xalqaro miqyosda munosib e’tirof etishga o‘z hissangizni qo‘shing!
Ovoz berish 2026-yil 27-oktyabrgacha davom etadi.
G‘oliblar 4-noyabr kuni WTM London doirasida o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Toshkentga ovoz bering va ushbu xabarni yaqinlaringiz bilan ulashing!
Ovoz berish havolasi: https://www.wanderlustmagazine.com/about-us/our-awards/2026-wanderlust-travel-awards/
