O‘zbekiston futboli turistlar va jahon OAV e’tiborini jalb qilmoqda
2026-06-23 08:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani mamlakatimizga butun dunyo bo‘ylab millionlab futbol muxlislarining e’tiborini qaratdi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi va COPA90 uchun mamlakatimizga amalga oshirilgan ilk tarixiy safar bo‘ldi.
Tashrif davomida COPA90 boshlovchisi Eli Mengem O‘zbekistonning futbol madaniyati, muxlislari, sport infratuzilmasi hamda tarixiy maskanlari bilan yaqindan tanishdi. Suratga olish guruhi Islom sivilizatsiyasi markazi, Toshkent eski shahridagi mahallalar, Toshkent metrosi va Chorsu bozori kabi maskanlarda bo‘ldi. Shuningdek, ular milliy terma jamoaning afsonaviy futbolchisi Timur Kapadzedan intervyu oldilar hamda 19-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvini tomosha qildilar.
COPA90 vakillarining fikricha, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki mamlakatga minglab xorijiy sayyohlarni jalb qiladi. Ular nafaqat O‘zbekiston futboli bilan yaqindan tanishishni, balki o‘z kumirlari — Abbosbek Fayzullayev, Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov va boshqa futbolchilar vatani bilan ham tanishishni istashadi.
COPA90 tomonidan O‘zbekiston haqidagi videolavhaning premyerasi yaqin kunlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.




