Xorijiy blogerlar O‘zbekiston turizm salohiyati bilan tanishmoqda
2026-06-04 09:35:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 30-may — 4-iyun kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahri hamda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari va zamonaviy turizm obyektlariga xorijiy blogerlar uchun maxsus press-tur tashkil etildi.

Mazkur press-tur doirasida Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan taniqli blogerlari, kontent yaratuvchilari hamda media vakillari ishtirok etmoqda. Mehmonlar O‘zbekistonning turizm salohiyati, milliy madaniyati, mehmondo‘stligi va hududlarning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishmoqda.
Press-tur davomida ishtirokchilar Toshkent shahrining zamonaviy infratuzilmasi, Farg‘ona vodiysining boy madaniy merosi, hunarmandchiligi, gastronomik turizmi va tabiiy maskanlari haqida kontent tayyorlashmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — xalqaro media maydonida O‘zbekistonning, xususan Farg‘ona vodiysi hududlarining turistik jozibadorligini keng targ‘ib qilishdan iborat.







