Turizm loyiha boshqaruvi tizimiga o‘tkazilmoqda
2026-05-16 15:00:00 / Yangiliklar

Bu orqali 34 ta yirik turizm obyekti bo‘yicha master rejalar ishlab chiqilib, 31 ta turizm obyekti tashkil etiladi va rivojlantiriladi.
Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida “Qipchoq baliqchilar ovuli” maskani loyiha boshqaruvi asosida rivojlantiriladi.
Umuman olganda, mana shunday maskanlarni alohida reja asosida faoliyatini rivojlantirish va tashkil qilish ishlarini olib borish maqsadida Qo‘mita huzurida “Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi” DM tashkil qilinmoqda.
Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 450 mlrd so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Umumiy hisobda joriy yilda 950 mlrd so‘m mablag‘lar turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
