Yangijoy mahallasiga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi
2026-04-28 16:55:00 / Yangiliklar

Tantanali marosimda Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Bobokalonov, viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar mazkur maqom hududning turizm salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, Yangijoy mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar — dam olish maskanlari tashkil etgan ishbilarmonlar ham tadbirda qatnashib, o‘z faoliyatlari davomida uchrayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar hamda istiqboldagi rejalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mazkur maqom hududning turizm salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.


