Manxetten markazida Buxoroning turizm salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda
2026-04-28 16:45:00 / Yangiliklar
Nyu-York shahridagi Tayms-skver maydonidagi yirik LED ekranlarida Buxoroning tarixiy obidalari, boy madaniy merosi va zamonaviy turizm imkoniyatlarini aks ettiruvchi videorolik namoyish etilmoqda.

Ushbu media loyiha AQSh aholisi va mehmonlarining e’tiborini O‘zbekistonga istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi sifatida jalb etishga qaratilgan. Mazkur tadbir sayohatlarga qiziqish uyg‘otish, madaniy aloqalarni mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan.



