“III Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivali
2026-05-15 / Voqealar taqvimi
2026-yil 15–17-may kunlari qadimiy va betakror Buxoro shahrida “III Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur festival har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib, dunyoning turli burchaklaridan minglab sayyohlar, mohir hunarmandlar, san’atkorlar hamda jurnalistlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Ushbu festival nafaqat Buxoroning boy madaniy merosini targ‘ib qiladi, balki uning xalqaro turizm salohiyatini yanada yuksak darajada namoyon etadi.
