Toshkentda “O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorlik II forumi”
2026-05-13 / Voqealar taqvimi

Forumning asosiy maqsadi — iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va investitsiya muhitini yanada rivojlantirish.
Tadbirda 40 ta vazirlik, idora va tashkilotlardan vakillar, 100 dan ortiq investorlar, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va diplomatik korpus vakillari, 20 dan ortiq ekspertlar va sohaviy mutaxassislar, 15 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari, 1000 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar va importyorlar, 50 dan ortiq xalqaro va mahalliy kompaniyalar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forum doirasida investitsiya loyihalari taqdimoti, yangi hamkorlik imkoniyatlari muhokamasi hamda interaktiv dasturlar va maxsus tadbirlar ko‘rib chiqiladi.
Ushbu forum — yangi imkoniyatlar, yangi sheriklik va katta sarmoyalar sari muhim qadam!
