Bog‘izog‘on mahallasiga “Turizm mahalla” maqomi berildi
2026-04-26 11:25:00 / Yangiliklar
Turizm qo‘mitasi tomonidan Samarqand viloyati Toyloq tumanining Bog‘izog‘on mahallasiga tantanali ravishda “Turizm mahallasi” maqomi berildi.

Tantanali marosimda Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Bobokalonov, viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda turizm sohasiga berilayotgan ustuvor e’tibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va turizm mahallalari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Rejaga ko‘ra, mahallada 20 dan ortiq xonadon mehmon uylari sifatida yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa sayyohlarga milliy turmush tarzi va mehmondo‘stlikni yaqindan tanishtirish imkonini beradi.



